MX ANALIZ kirim-chiqimni MXIK kodlari bo'yicha hisoblaydi, my.soliq.uz dan hujjatlarni E-IMZO bilan o'zi yuklab oladi va manfiy qoldiqni cheklarni tahrirlash orqali yopadi — qo'lda emas, dastur o'zi.
Minus qoldiq, noto'g'ri MXIK va chek tahriri — buxgalterning eng ko'p vaqt yeydigan va eng ko'p xato chiqadigan ishi.
Bir chek tahriri 3–8 soniya — dastur necha tab ochganiga qarab. O'z hajmingizni kiriting.
Hisob haqiqiy o'lchovlarga asoslangan: bir tabda 18–25 s (portal javobi + captcha). 3 tab jonli sinovdan o'tgan — bir kechada 4 405 chek tuzatilib, portalda tasdiqlangan. Ko'proq tab — hisob-kitob; natija portal va tarmoq tezligiga bog'liq.
Har bir imkoniyat haqiqiy ishda sinalgan — ro'yxatda faqat dastur rostdan bajaradigan narsalar bor.
Excel, soliq va 1C fayllarini o'qib, har oy uchun qoldiq, tannarx va sof foydani MXIK kodlari kesimida chiqaradi.
E-IMZO kaliti bilan portalga o'zi kiradi, fakturalar va cheklarni yuklab oladi. Kalit va parol kompyuteringizdan chiqmaydi.
Manfiy qoldiqni yopadigan cheklarni topadi. Tannarx chek sanasiga qarab olinadi, butun davr o'rtachasi emas.
Tanlangan cheklarni portalda ketma-ket tahrirlaydi. Saqlashdan oldin MXIK va miqdor rostdan almashganini tekshiradi.
«Asosiy taomlar» cheklarini ichimliklarga aralash bo'ladi: chek summasi saqlanadi, zaxiradan ortiq sotilmaydi.
Narx past ko'rsatilib miqdor shishgan bo'lsa: chek summasi saqlanadi, narx to'g'rilanadi va miqdor qayta hisoblanadi.
Portaldan faqat cheklarni qayta yuklaydi — siz tahrirlagan cheklar va kirim-chiqim buzilmaydi.
Natija va bajarilgan tahrirlar Excelga chiqadi — tekshirish va arxivlash uchun.
Yangi versiya chiqsa dastur o'zi yuklab o'rnatadi. Bazangiz va sozlamalaringiz joyida qoladi.
Dasturning yadrosi universal: MXIK kodli tovar sotadigan va onlayn kassa cheki bo'ladigan har qanday biznesda ishlaydi.
«Asosiy taomlar» cheklarini ichimliklarga aralash bo'ladi. Chek summasi saqlanadi, zaxiradan ortiq sotilmaydi.
Narx past ko'rsatilib miqdor shishgan bo'lsa: chek summasi saqlanadi, narx to'g'rilanadi, miqdor qayta hisoblanadi.
Bitta litsenziya bilan bir nechta firmani yuritish. Firmalar soni litsenziyada belgilanadi.
Asosiy imkoniyatlar — MXIK hisob, minus yechimi va chek tahriri — MXIK kodli tovar sotadigan har qanday biznesda ishlaydi. Yo'nalishingizga xos alohida holat bo'lsa, biz uni qo'shamiz: АГНКС uchun miqdor tuzatish rejimi aynan shunday — mijozning ehtiyojidan kelib chiqib qurilgan.
Yo'nalishingizni aytingTo'rt qadam. Birinchi ishga tushirish odatda 10–15 daqiqa oladi. Pastga suring — dastur oynasi qadam bilan birga o'zgaradi.
Windows uchun bitta fayl. O'rnatgach E-IMZO kalitingizni tanlaysiz.
Excel fayllarini qo'shasiz yoki portaldan to'g'ridan-to'g'ri yuklab olasiz — davr bo'yicha.
Dastur nima o'zgarishini oldindan ko'rsatadi. Sinov rejimida forma to'ldiriladi, lekin saqlanmaydi.
Tasdiqlaganingizdan keyin dastur cheklarni ketma-ket tahrirlaydi va hisobotni Excelga chiqaradi.
Hisobot ma'lumotlari — kirim, chiqim, cheklar, kontragentlar — bizning serverga yuborilmaydi. Server faqat litsenziya haqiqiyligini tekshiradi.
Barcha hisob-kitob mahalliy faylda saqlanadi. Yangilashda ham o'chmaydi.
Kalit va parol faqat sizning kompyuteringizdagi E-IMZO dasturi bilan ishlaydi.
Tahrir rostdan tushmaganini ko'rsa, chekni saqlamaydi — noto'g'ri yozuv qolib ketmasin.
Avval saqlamasdan sinab ko'rasiz. Ishonch hosil qilgach haqiqiy rejimga o'tasiz.
Ha — siz tasdiqlagan cheklarni my.soliq.uz da tahrirlaydi. Bu haqiqiy soliq ma'lumoti, shuning uchun avval sinov rejimi bor: forma to'ldiriladi, lekin saqlanmaydi. Nima o'zgarishini ko'rib chiqib, keyin haqiqiy rejimga o'tasiz.
Yo'q, odatda dastur o'zi yechadi. Yechib bo'lmaganda esa brauzerda qo'lda kiritishga o'tadi — jarayon to'xtab qolmaydi.
Yo'q. Portal ba'zi cheklarni tahrirlashga bermaydi — masalan korporativ karta bilan to'langan va xaridor korxona hisobga olgan cheklar. Bunday hollarda dastur sababni aniq ko'rsatadi.
Yo'q. Hisobot ma'lumotlari mahalliy bazada qoladi. Serverga faqat litsenziya tekshiruvi uchun kalit va kompyuter belgisi boradi. Batafsil: Maxfiylik siyosati.
Hisob-kitob uchun kerak emas. Portaldan yuklash va chek tahriri uchun kerak. Litsenziya esa vaqti-vaqti bilan onlayn tekshiriladi.
Sayt va brend — MX ANALIZ, o'rnatiladigan dastur fayli esa HISOBIQ nomi bilan keladi. Bu bitta mahsulot: MX ANALIZ — brend nomi, HISOBIQ — dasturning o'zi.
Narx va sinov muddati bo'yicha bevosita bog'laning — ishingiz hajmiga qarab aytamiz. Telegram: @shoxruxdev_uz1.
Dasturni ko'rsatamiz, ma'lumotingizda sinab beramiz va savollaringizga javob beramiz.
Telegramda yozish